‘’Yapon tili darslari’’da Yaponiyada yashash uchun kerakli Yapon tilini osonlikcha dars beramiz.
Dars1dan boshlab, Youtube videosi orqari talaffuzni tekshiring.
1. Kechqurungi salomlashishni o‘rganamiz
Bugungi jumla "こんばんは" (konbanva)
"こんばんは" lotinchada "konbanva" deb yoziladi va talaffuz qilinadi. Bu jumla o‘zbek tilida "Xayrli kech" degan ma’noni anglatadi.
"こんばんは" kechqurun salomlashganda ishlatiladigan jumla hisoblanadi.
Yapon tilida hurmat shaklini ham bildiruvchi iboradir. Yoshi katta va begona odamlar bilan uchrashganingizda "こんばんは" deb salomlashing.
Qizqarli ma’lumot -O‘rtoqlar orasidagi salomlasish
O‘tgan darsda tushuntirganimdek o‘rtoqlar orasida pastdagi iboralardan foydalaniladi.
やっほー(yahho)
よ(yo)
うっす(ussu)
Bu iboralarni o‘zbek tiliga tarjima qilsam "salom" degan ma’noni anglatadi.
Yapon o‘rtoqlaringiz orasida har doim, shu iboralar bilan salomlashsangiz bo‘ladi.Aytgancha, "Xayrli tun" yaponchada "おやすみなさい (Oyasuminasai *hurmat shakli)" yoki "おやすみ (Oyasumi *o‘rtoqlar orasida) deb aytiladi.
YAPONIYA NAVI kanalida talaffuzilarni bilib oling!
Muallif:Kohei Miyanaga