Yapon tili darslari Yaponiyada yashash

Yapon tili #0002 dars: Katakanani o‘rganamiz ''カタカナ''

‘’Yapon tili darslari’’da Yaponiyada yashash uchun kerakli Yapon tilini osonlikcha dars beramiz.
Dars1dan boshlab, Youtube videosi orqari talaffuzni tekshiring.

 

Sensei
Bugungi maqsadimiz
1. Katakana harflari va talaffuzlari haqida bilish
2. Ismingizni katakanada yozib olish

 

Katakana harflari va talaffuzilari

Yapon tili Hiragana, Katakana, Kanji(Ierogrif)kabi 3ta harflardan iborat. Katakana ham o‘tgan darsdagi Hiraganaga o‘xshab, eng asosiy harflar - 46ta. Asosan ingliz tilidan olingan so‘zlarni yozish uchun ishlatiladi.

Pastdagi rasmga qarang!
Yapon tilida chap qatordagi 5ta unli tovush ア(a),イ(i),ウ(u),エ(e),オ(o) Katakana harflari hisoblanadi. Unli tovushga undosh tovushlarni qo‘shish orqali bitta bo‘g’in yaratadi. Hamda unli tovushning o‘zi ham bitta bo‘g’in bo‘lishi mumkin.

 

Pastdagi rasmga qarang!
Dakuten va Han-dakuten haqida
Ba’zi katakananing tepadagi o‘ng tarafida ゛yoki ゜ni qo‘shishingiz mumkin. 
k qatordagi katakanaga ゛qo‘shishangiz, shu o‘qishi g qatoriga o‘zgaradi. 
s qatordagi katakanaga ゛qo‘shishangiz, shu o‘qishi z qatoriga o‘zgaradi.
t qatordagi katakanaga ゛qo‘shishangiz, shu o‘qishi d qatoriga o‘zgaradi.
h qatordagi katakanaga ゛qo‘shishangiz, shu o‘qishi b qatoriga o‘zgaradi.
h qatordagi katakanaga ゜qo‘shishangiz, shu o‘qishi p qatoriga o‘zgaradi.

kichik ya, yu, yo bilan yozilgan katakana bitta bo‘g’in hisoblanadi.

 

 

O‘z ismingizni Katakanada yozib ko‘ring

O‘z ismingizni Katakanada yozib ko‘ring!


yusuf → ユスフ
Azizjon → アジズジョン
shahzoda → シャフゾーダ  ※"ー"dan oldingi tovushni ozgina cho‘zgan holda talaffuz qilinadi.
shohjahon → シャフジョホン 
Musaev → ムサエフ
Dostonbek → ドストンベック
Keisuke Honda → ケイスケ ホンダ


YAPONIYA NAVI kanalida talaffuzilarni bilib oling!

Muallif:Kohei Miyanaga

-Yapon tili darslari, Yaponiyada yashash

Copyright© YAPONIYA NAVI , 2024 All Rights Reserved.