Yapon tili darslari Yaponiyada yashash

Yapon tili #0001 dars: Hiraganani o‘rganamiz ''ひらがな''

‘’Yapon tili darslari’’da Yaponiyada yashash uchun kerakli Yapon tilini osonlikcha dars beramiz.
Dars1dan boshlab, Youtube videosi orqari talaffuzni tekshiring.

 

Sensei
Bugungi maqsadimiz
1. Hiragana harflari va talaffuzilari haqida bilish
2. Ismingizni hiraganada yozish

 

Hiragana harflari va talaffuzilari

Yapon tili Hiragana, Katakana, Kanji(Ierogrif)kabi 3ta harflardan iborat. Hiragana bu eng asosiy harf bo‘lib Kanji dan yaratilgan. Eng asosiy Hiragana bo‘lsa 46ta bo‘ladi.

Pastdagi rasmga qarang!
Yapon tilida chap qatordagi 5ta unli tovush あ(a),い(i),う(u),え(e),お(o) Hiragana harflari hisoblanadi. Unli tovushga undosh tovushlarni qo‘shish orqali bitta bo‘g’in yaratadi. Hamda unli tovushning o‘zi ham bitta bo‘g’in bo‘lishi mumkin.

 

Pastdagi rasmga qarang!
Dakuten va Han-dakuten haqida
Ba’zi

hiragananing tepadagi o‘ng tarafida ゛yoki ゜ni qo‘shishingiz mumkin. 
k qatordagi hiraganaga ゛qo‘shishangiz, shu o‘qishi g qatoriga o‘zgaradi. 
s qatordagi hiraganaga ゛qo‘shishangiz, shu o‘qishi z qatoriga o‘zgaradi.
t qatordagi hiraganaga ゛qo‘shishangiz, shu o‘qishi d qatoriga o‘zgaradi.
h qatordagi hiraganaga ゛qo‘shishangiz, shu o‘qishi b qatoriga o‘zgaradi.
h qatordagi hiraganaga ゜qo‘shishangiz, shu o‘qishi p qatoriga o‘zgaradi.

kichik ya, yu, yo bilan yozilgan hiragana bitta bo‘g’in hisoblanadi.

 

 

O‘z ismingizni Hiraganada yozib ko‘ring

O‘z ismingizni Hiraganada yozib ko‘ring!

yusuf → ゆすふ
Azizjon → あじずじょん
shahzoda → しゃふぞーだ  ※"ー"dan oldingi tovushni ozgina cho‘zgan holda talaffuz qilinadi.
shohjahon → しょふじゃほん
Musaev → むさえふ
Dostonbek → どすとんべっく
Keisuke Honda → けいすけ ほんだ


YAPONIYA NAVI kanalida talaffuzilarni bilib oling!

Muallif:Kohei Miyanaga

-Yapon tili darslari, Yaponiyada yashash

Copyright© YAPONIYA NAVI , 2024 All Rights Reserved.