Yaponiyada islash

Intervyu turkumlari 2 “Yaponiyada ishlayotgan o‘zbek "Yaponiyada ishlashni xohlaganlarga maslahat""

''Yaponiyada islash''da, biz sizga Yaponiyada eng qisqa masofada ishlash qobiliyatini egallashga yordam beradigan ma'lumotlarni va sizning maqsadlaringiz va "Yaponiyada ishlash" orzularingizga nisbatan javoban ish topish uchun ma'lumotni taqdim etib boramiz.

 

Intervyu turkumlari 2 : Toliaybek Nurimbetov san(Bek-san) "Yaponiyadagi xalqaro savdo kompaniyasida ishlamoqda"

 

YAPONIYA NAVI Toliaybek Nurimbetov-san(Bek-san) bilan "Yaponiyada ishlashni xohlovchilarga maslahat" mavzusida intervyu o‘tkazdi.

Bek-san hozir Yaponiyadagi xalqaro savdo kompaniyasida ishlamoqda. U Yapon tili va ingliz tilini yaxshi biladi.
U O‘zbekistondagi universitetni bitrganidan so‘ng, u 8 yil oldin Yaponiyaga kelib, Nagoyada til maktabiga kirib Yapon tilini o‘rganishni boshlagan. Shundan keyin, Nagoyadagi maktabni tugatgandan so‘ng,  hozirgi faoliyatini boshlagan.

YAPONIYA NAVI  Bek-san bilan o‘tkazilgan intervyuda Yaponiyada ishlashni xohlagan kishilarga qanday maslahatlar berishi munkinligi haqida  savollar berdi.

 

Q1: Bek-san Konnichiwa. Birinchidan, siz nimaga Yaponiyaga kelishni o‘yladingiz? Yaponiyada nima qilmoqchi edingiz?

Bek-san (B): O‘zbekiston Davlat Jahon tillari universitetida yapon tili ikkinchi chet tili sifatida o‘qitilardi. O‘sha paytlardan yapon tili, yapon madaniyatiga qiziqishim boshlangan. Universitetni tugatgach, poytaxtda qolib, litseyda ingliz tili o’qituvchisi bo‘lib biroz ishladim. Lekin o‘qituvchilik ishimdan o‘zim qoniqmasdim. Imkoniyatlari ko‘p bo‘lgan katta kompaniyada ishlashni xohlar edim. Shunda Yaponiyaga borib, o‘qish va keyinchalik ishlash fikri tug ’ildi. Yaponiyani oldindan rivojlangan, imkoniyatlarga boy davlat sifatida bilardim.  Shunday qilib 2014-yil Nagoyadagi til maktabiga kelib yapon tili o‘rgandim. Maktabni tugatib, 名古屋商科大学(Nagoya tijorat instituti)MBA darajasida o‘qib,  magistr bo‘ldim.

 

Q2: O‘zbekistonda bo‘lganingizda qanday Yapon tilini o‘rgandingiz?

B: Har kuni diqqat bilan uzoq vaqt davomida o‘rganganman. Tushunmagan narsalarga duch kelganimda darhol ustozdan so‘rardim. Natijada, Yapon tilini taxminan 1 yil va 3 oy Yapon tilini o‘rgangandan keyin N2 darajasiga erishdim.(Boshlang’ich maktbni rus tilida o‘qiganligim va institutda ingliz tili o‘rganganligim uchun til o‘rganishim uncha qiyin bo‘lmagan deb ham o‘ylayman. )

 

Q3: Siz tasavvur qilgan Yaponiya va haqiqiy Yaponiya o‘rtasida farqlar bormi? Siz tasavvur qilgan Yaponiya va haqiqiy Yaponiya o‘rtasida farqlar bormi?

B: Yaponiyaga keladigan o‘zbeklar ichda ko‘pchilik "Yaponiyaga ketsam, oson va mazza qilib pulni olib aylanasam bo‘ladi" deb o‘ylashadi. Lekin, haqqiqatni aytsam, bu noto‘g‘ri. Chet elda yashash bu o‘z yurtingizda yashashdan farq qiladi Chet tilini bilshingiz kerak. Xayolga kelmaydigan narsalar sodir bo‘ladi. Aniq maqsani belgilab, “maqsadimni erishuchun harakat qilaman”deb o‘ylab Yaponiyaga kelsangiz yaxshi.
Maqsad faqatgina pul topish bo‘lsa yaponiya jamiyatiga singib ketish juda qiyin. Yaponlar juda mehribon bo‘ladi degan tasavvur kuchli, lekin ish borasida yaponlar hech kimni ayab o‘tirishmaydi. Buni ham to‘g‘ri tushunish kerak deb o‘ylayman.


Q4: Yaponiyada yashash uchun nimalar bilish kerak va qilish kerak deb o‘ylaysiz?

B: Yapon madaniyatini tushunishingiz kerak deb o‘ylayman. Mening holatimda, boshida darsga tez-tez kechikib borardim, bir kuni ustozim mendan xafa bo‘ldilar. Shundan keyin, Yaponiyada yashayotganligim sababli Yapon madaniyatini tushunib, unga amal qilib yashash kerek deb o‘ylab, kechikishni umuman to‘xtadim.Shu sababli, ko‘p yaponlar menga ishonadigan bo‘ldi. Chet elda yashash uchun shu mamlakat madaniyatini hurmat qilib, unga ko‘ra harakatlanish muhim deb o‘ylayman.Chunki shunday qilsangiz, mahalliy odamlar sizga ishonishni boshlashadi. Birinchidan siz shuni ko‘rsatishingiz kerak. Men shuni unutmasdan yashab, bir-birga yordamlashib, hozir mazza qilib yaponiyada yashayapman.
Yaponiyaga kelmoqchi bo‘lgan o‘zbek mandan maslahat so‘raganida, o‘sha gapni aytaman. Lekin, hamma unga rioya qila olmaydi. Yaponiyada yashashga o‘rganamasdan, O‘zbekistonga qaytadiganlar ham bor. Yaponiyaga moslashmasdan, qadrli imkoniyatni yo‘qotishganligidan afususdaman.


Q5: Yaponiyada qayerda yashayapsiz?

B: Hozir Tokyoda yashayapman. Tokyoga kelishdan oldin, Nagoyada yashardim. Ishni olganimda, Tokyoga ko‘chib keldim.

 

Q6: Hozirgi ishni qanday topdingiz?

B: Tokyoda bo‘lgan “Job Fair Event”(mehnat yarmarkasi)ga borib, hozirgi kompaniyani bilib oldim. Unga Rirekisho(resume)ni berganimdan keyin, menga qiziqib qolib, bir necha kun ichida menni intervyudan o‘tishga imkoniyat berishdi. Suhbatlashganimda mendan tashqari ko‘p intervyuga taklif qilinganlar bo‘lgan. Men ular ichda raqobatda bo’lib, ish joyini oldim.


Q7: Yaponiyada ish joyini olish uchun nimalar qilishi kerak deb o‘ylaysiz?

B: Siz har doim yaponiyaliklar muhim deb o‘ylaydigan harakat qilishingiz kerak deb o‘ylayman. Bu qiyin  emas. Masalan, salomlasish, vaqtga rioya qilish, so‘z berish va so‘zi ustida turish, jiddiy ishlash, yolg’on gaprimaslikkabi yaponiyaliklar odatda rioya qiladigan harakatlarni qilganimdan keyin, atrofimdagi odamlar meni yaxshi baholasishni boshlashdi. Albatta yapon tilini ham qunt bilan o‘rganganman va talabaligimda arubaito bilan shug’ullanganimda menga aytilgan ishdan tashqari o‘zim xohish bilan ishni qidirib, halol mehnat bilan ishlardim. So‘ng atrfoimdagi odamlar men orzu qiladigan ishni qo‘llab-quvvatlashib, menga yordam beradigan bo‘ldi. Men juda xursand bo‘ldim.

 

Q8: Kelajagingizda nima qilmoqchisiz?

B: Men ishlayotgan kompaniyaning ishidan tashqari, o‘zim yo‘l velosipedini sotayapman, Keyinchalik mening kompaniyamni boshab, ishimni kengaytirmoqchiman.

 

Q9: suhbatimiz yakunida, Yaponiyada ishlashni xohlagan o‘zbeklarga bir gapni ayta olasizmi?

B: Yoshlarning Yaponiyada ishlash fikrini juda qo‘llab quvvatlayman. Chunki yuqorida aytganimdek yaponiya cheksiz imkoniyatlar mamlakati. Yaponiyaga kelishdan oldin yapon tilini yaxshiroq o‘rganib kelishsa, yangi hayotga tez o‘rganib ketishadi. Yapon tilinigina o‘rganib qolmasdan yapon madaniyati bilan ham tanishib kelishsa yaxshi bo‘ladi. Yapon kompaniyalarida boshqa davlatlardan farqli 上下関係, 先輩、後輩 (yuqori va past mansab, eski va yangi ishchi munosabatlari) ishdan keyin hamkasblar bilan bo‘ladigan 飲み会 (ichmasangiz hech kim spirtli ichimlik taklif qilmaydi albatta) sayohatga borgan joyidan お土産 (sovg’a) olib kelish kabi madaniyat mavjud. Shu kabi narsalarga ham e’tibor berish kerak.

 

Rahmat katta.

B: Rahmat katta.

 

Bek-san juda yaxshi yapon tilida xushmuomalalik bilan o‘zi fikrini aytib berdi. Aytishicha, Yapon(jumladan chet el)da yashash uchun kerakli narsalarni, o‘zi o‘ylab, tushunib harakat qilib yashayotganligidan taasurot oldim.
Faqatgina o‘zi fikirni o‘jarlik bilan turmasdan, har doim ishni olg’a siljishadigan xohish bilan holatga moslashuvchan bo‘lib, o‘zini yaxshilashish uchun harakat qilyapman. Bunaqa fikrlar, yaponiyalik tomondan o‘zimni baholanish uchun muhim deb o‘ylayman.

 

Muallif:Kohei MIyanaga

-Yaponiyada islash

Copyright© YAPONIYA NAVI , 2024 All Rights Reserved.