Yaponiyada islash

Intervyu turkumlari 1 "Yaponiyada ishashni xohlayotgan o‘zbeklar nima qilishi kerak? Degan savolga O‘zbekistonda tahsil olgan yaponiyalik intervyu berdi"

''Yaponiyada islash''da, biz sizga Yaponiyada eng qisqa masofada ishlash qobiliyatini egallashga yordam beradigan ma'lumotlarni va sizning maqsadlaringiz va "Yaponiyada ishlash" orzularingizga nisbatan javoban ish topish uchun ma'lumotni taqdim etib boramiz.

 

Intervyu turkumlari 1 : Kohei MIYANAGA san "YAPONIYA NAVI Muallifi"

 

 

YAPONIYA NAVI suhbatdoshi YAPONIYA NAVIning navigator (ya’ni yo‘l ko‘rsatuvchi) sifatidadagi maqola muallifi "Kohei MIYANAGA"san bilan "Yaponiyada ishashni xohlayotgan o‘zbeklarga yaponiya hayotida kerak bo‘lgan ma‘lumotlar" mavzusida intervyu o‘tkazdik. Suhbatimiz mavzusi quidagicha bo‘ldi.

 



MIYANAGAsan qator chet tillarini biladi va hozir Yaponiyada ushbu o‘rgangan chet tillarinidan foydalanib ishlab kelmoqda.
MIYANAGAsan talabaligida chet tillari bo‘yicha mutaxass bo‘lib, ingliz tili, rus tili va koreys tili va boshqa tillarda gapira olar ekan. MIYANAGAsan magistraturada o‘qigan vaqtida bir yil davomida Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida tehsil olgan. O‘sha davrda o‘zbek tilini o‘rganib, u yerda juda ko‘p o‘zbek do‘stlar orttirgan.
Shu sababli, uning o‘zbek do‘stlari ko‘pincha MIYANAGAsandan "Yaponiyada ishlash uchun nima qilish kerak?"deb savol berishganda, MIYANAGAsan shunday savollarga quydagi qilish kerak bo‘lgan 4 vazifani aytadi:

1. Avvalambor, Nega Yaponiyaga borishni xohlaysiz? Yaponiyada qanday ish bilan shug’ullanishni xohlaysiz? Degan savolga javob berishi va shunga qarab reja qilish kerak.(yaponiyada qanday mavqeda ishlashni rejalashtirish lozim)

2. Keyin, Yapon tilini maqsadli o‘rganish (masalan, N2, N1ni olish) zarur.

3. Uchinchidan, ish olib bormoqchi bo‘lgan mutaxassislikni rivojlantirish yoki ushbu maqsadda kerakli ma’lumotlarni to‘plash kerak.

4. Va niyoyat O‘zbekistonda yashayotgan yaponiyalik, UJC yoki Internet orqali Yaponiya va yapon madaniyati haqida bilish kerak.

Har mavzuda MIYANAGAsan quydagilarni aytadi:

"Birinchidan, Yaponiyada ish to‘pish O‘zbekistonda ish topishdan juda farq qiladi. Umuman olganda, Yaponiyada ishga kirishdan oldin har xil hujjatlarni tekshiriladi va intervyu o‘tkaziladi, shuningdek ba’zan imtihonlar ham topshiriginz kerak bo‘ladi. Yaponlar universitetda o‘qiyotganida, ish topish faoliyati(Syusyoku katsudo)ni olib boradilar, o‘nlab, yuzlab intervyudan o‘tadiganlar ham bor. Umuman aytganda, hamma ishga kirishni xohlaydigan kompaniyada yuqori raqobat bo‘ladi. Shuning uchun, xohlagan kompanyaga kirish uchun o‘sha kompanya xohlaydigan inson resursi(jinzai)ga aylanish uchun mehnat qilshadi. Yaqin kunlarda butun dunyodan Yaponiyaga ishlashga keluvchilar ko‘payob bormoqda va shuning uchun raqobat ham yuqori bo‘ladi. Bundan tashqari "ish topish" bu maqsad emas. Ish topganingizdan keyin ko‘p yillar ishlashingiz kerak. Shu haqida ham o‘ylasangiz yaxshi.

 

 

1. Nega Yaponiyaga borishni xohlaysiz? Yaponiyada qanday ish bilan shug’ullanishni xohlaysiz?(Qanday mavqeda Kim bo‘lib ishlashni rejalashtirish) haqida
"Pul topishni xohlayman", "Yaponiyada ishni o‘rganib, kelajagimda o‘zbekistonda kompaniyamni ochmoqchiman", "Yaponiya manga yoqadi. Yaponiyada yashamoqchiman", Ushbu g’oyalar asosida siz xohlagan ish haqida o‘ylasingiz muhim. Hozir xohlagan ish qilishga o‘xshamasa, o‘sha ishni qanday olish haqida o‘ylab, unga yarasha ish joyini tanlashingiz kerak.

2. Yapon tilini maqsad bilan o‘rganish (masalan, N2, N1ni olish) haqida
Yapon tilini maqsadsiz o‘ylamasdan, iloji boricha maqsad qo‘yib va vaqt chegarasini belgilab, o‘qishga e’tibor qarash muhim. Asosan N2 darajasida ish joyini egallash iloji bo‘ladi. Koreyslar va Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatdan kelgan odamlar har kuni qunt bilan o‘rganib 6 oydan 1yilda shu darajada yetshadi.

3. Mutaxassisligingizni rivojlantirish yoki mutaxassisligingizni rivojlantirish uchun ma’lumotlarni to‘plash haqida
Yuqorida aytib o‘tilganidek, Yaponiyada turli chet elliklar ishlashga kelishadi. Chet elliklar ish topishi yo‘lida raqobat oshmoqda. Shuning uchun Yapon tilidan tashqari sizda mutaxassisligingiz bo‘lsa, sizni qadrlashadi. Masalan sizda tarjimonlik qilish tajribasi va qobiliyat yoki mehmonxonada ishlash tajribasi yoki dasturlash tililarga qobiliyat bo‘lsa, ushbu ishni qila oladigan inson resursi sifatida xohlagan kompaniyaga mos kelishingiz mumkin. Albatta bu mavzuim 1.ga bo‘gliq.

4. O‘zbekistonda yashayotgan yaponiyalik yoki UJC, Internet orqali Yaponiya va yapon madaniyatini bilish haqida
Nafaqat Yaponiya, balki chet elida yashash uchun mahally qoidalar va madaniyatni o‘rganib, shunga yarasha hayot kechirishingiz kerak. Yaponiyada "puxta va o‘z vaqtida bajarash”, “salomlashish”, “hamkaslarni hurmat qilish", "mas’uliyatli ish bajarash", "birlashtirib ishlash" va hokazo, bularga albatta rioya qilishingiz kerak. Bundan tashqari, umuman aytganda, Yaponlar o‘zbekistonni unchalik bilmaydi. O‘zbek madaniyati va islom dinini tanishmaydi. Albatta o‘zbek tilini ham bilishmaydi. Shuning uchun, fikringizni to‘g’ri ifoda qilish muhimdir.
Bunaday ma’lumotlarni o‘zbekistonda yashaydigan yaponlar yoki Yaponiyada bo‘lgan O‘zbeklardan so‘rash yoki internetda qidirishingiz kerak." deb aytadi MIYANAGAsan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Yaponiyada ishga joylashish oson emas. Shuning uchun ham MIYANAGAsan aytgandek, rejalashtirib maqsadingizga qadam ba qadam olg‘a bossangiz yaxshi bo‘ladi.

Muallif:Yaponiya Navi

-Yaponiyada islash

Copyright© YAPONIYA NAVI , 2024 All Rights Reserved.