Foydali ma’lumot Yaponiyada yashash

O‘zbekistondan Yaponiyaga aviachipta turlari

“Foydali ma’lumotlar” sahifasida Yaponiyada qulay hayot kechirish kerakli ma’lumotlarni beramiz.

 

O‘zbekistondan Yaponiyaga aviachipta turlari

O‘zbekistondan Yaponiyaga uchib kelishning turli yo‘llari bor. O‘zbekistondan Yaponiyaga kelish uchun 3 xil havo yo‘llaridan foydalanish mumkin.

  • O‘zbekiston havo yo‘llari. (Uzbekistan airways)
  • Koreya havo yo‘llari (Korean air)
  • Osiyo havo yo‘larri (Asiana airlines)

Agar Yaponiyaning poytaxti Tokyo shahriga keladigan bo’lsangiz O‘zbekiston havo yo‘llaridan foydalanishni maslahat beramiz. Chunki O‘zbekiston havo yo‘llari boshqa havo yo‘llariga nisbatan arzonroq va xizmatlari o‘zbek tillarida xam bo‘ladi.
Tokyodan boshqa shaharlarga xam O‘zbekiston havo yo‘llaridan foydalanish mumkin. Lekin boshqa shaharlarga borish uchun Koreyada transfer qilishga (samalyotni alishtirishga) to‘g’ri keladi. Tokyodan boshqa shaharlarga to‘g’ridan to‘g’ri uchib kelishning iloji yo‘q. Koreya orqali uchish rejangiz bo‘lsa avaikassada Koreyadagi kutish vaqti va O‘zbekistondan Koreyaga, Koreyadan Yaponiyaga uchadigan havo yo‘llari bir xil bo‘lishiga e’tibor qarating. Misol uchun O‘zbekistondan Koreyaga Koreya havo yo‘llarida Koreyadan Yaponiyaga xam Koreya havo yo‘llarida bo‘lgani ma’qul. Agar O‘zbekistondan Koreyaga O‘zbekiston havo yo‘llarida, Koreyadan Yaponiyaga Koreya havo yo‘llarida uchadigan bo‘lsangiz aeraportda topshirgan yuklaringiz to‘g’ridan-to‘g’ri keying samalyotga o‘tkazilishini biletni sotib olish paytida aviakassa xodimiga ayting. Yana Koreyada keyingi samalyotgan chiqishgacha bo‘lgan kutish vaqtini ko‘proq bo’lgani yaxshi. Chunki Koreya aeraporti juda katta adashib qolish extimoli baland.



*O’zbekiston havo yo’llari. (Uzbekistan airways) 

Muallif:Gulomova Risolatbonu

-Foydali ma’lumot, Yaponiyada yashash

Copyright© YAPONIYA NAVI , 2024 All Rights Reserved.